O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Yoshlar” teleradiokanali sobiq direktori, taniqli jurnalist Xayrulla Nuritdinov MTRK raisining birinchi o`rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi sayti xabar bermoqda.
Xayrulla Nuritdinov 1974 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. U 1996 yilda Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan. 1999 yilda “Jasorat” medali, 2005 yilda esa “O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan jurnalist” davlat mukofotlari bilan taqdirlangan. 2006-2017 yillar davomida O`zbekiston MTRKning “Yoshlar” teleradiokanali aksiyadorlik jamiyati direktori bo`lib ishlagan.
Ma`lumot uchun, 2017 yilning 2 fevral kuni O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga yangi rahbar tayinlangan edi. Prezident qaroriga binoan Xurshid Mirzohidov televideniening yangi raisi sifatida ish boshladi.