AsosiyDunyo
4174

​Trampga qarshi norozilik namoyishi o`tkazgan meksikaliklar odamlardan iborat tirik devorni yaratishdi (Video)

'​Trampga qarshi norozilik namoyishi o`tkazgan meksikaliklar odamlardan iborat tirik devorni yaratishdi (Video)'ning rasmi

Donald Trampning Meksika chegarasida devor qurish haqidagi farmonidan norozi bo`lgan Syudad-Xuares shahrida yashovchi meksikaliklar norozilik namoyishi o`tkazib, o`zlari tirik devorni hosil qilishdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Norozilik namoyishi qatnashchilari qo`llariga oq atirgul ko`tarib olishdi. Chegaraga yaqin joylashgan El-Punto shahriga jamoat arboblari, siyosatchilar, hukumat vakillari va oddiy fuqarolar yig`ildi. Tadbirni shtat gubernatori Xaver Korral boshqardi. Unga senatorlar, shahar meri va qo`shni Amerika davlati chegarasidagi El-Paso shahri meri ham qo`shildi.

Korral Meksika va AQSh xalqlari o`rtasidagi do`stlikning naqadar qadrli ekanligini, Trampning yuritayotgan siyosati, davlatlarni devor bilan to`sish fikrining noto`g`riligi haqida gapirdi.

“Insonlardan yaratilgan devor, tosh va sementdan qurilgan devordan ko`ra, mustahkamdir”, dedi senator Rios Peter.

Tramp 25 yanvar kuni AQSh va Meksika davlati o`rtasida devor qurish haqida farmon chiqargan edi. Tramp yaqin kunlarda devor qurilishi ishlari boshlanishini, uning qurilishi uchun Meksika mablag` ajratishini ma`lum qildi. Uning bu farmoni meksikaliklarning noroziligiga sabab bo`ldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar