AsosiyJamiyat
8655

​Farg`onada avtomobil olib qochgan shaxs qo`lga olindi

'​Farg`onada avtomobil olib qochgan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

Farg`ona viloyati Buvayda tumani IIB navbatchilik qismiga Toshkent viloyati Yangiyo`l tumanida yashovchi 1960 yilda tug`ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, o`zining “Damas” rusumli avtomobili noma`lum shaxs tomonidan olib qochib ketilgani haqida xabar qilgan, deb yozadi O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.

Voqea joyiga etib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanishicha, ariza muallifi avtomashinasini Qizil-Yulduz qishlog`i hududida qarovsiz qoldirganligi oqibatida olib qochib ketilganligi ma`lum bo`lgan.

Tezkorlik bilan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida avtomashinani olib qochganlikda gumonlanayotgan shaxs shu tumanda yashovchi 1998 yilda tug`ilgan fuqaro bo`lib chiqdi.

Mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar