AsosiyJamiyat
17000

​Prezident Shavkat Mirziyoev surxondaryolik Shodi boboga Captiva sovg`a qildi (Foto)

'​Prezident Shavkat Mirziyoev surxondaryolik Shodi boboga Captiva sovg`a qildi (Foto)'ning rasmi

10 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoev Surxondaryo viloyatiga safari chog`ida Angor tumanidagi Zang gilambob qishlog`ida Shodi bobo Xushboqov va uning umr yo`ldoshi Salomat momo bilan oilaning kundalik hayoti, farzandlar va nabiralar tarbiyasi to`g`risida suhbatlashgani haqida avvalroq xabar bergandik.

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Prezident tomonidan Shodi boboga Captiva sovg`a qilinganligi haqidagi xabarlar tarqaldi.

Mazkur xabar va internetda tarqalgan suratlarga oydinlik kiritish maqsadida Hukumatdagi manbalarimiz bilan bog`landik. Darakchi.uz nashriga Prezident tomonidan Shodi boboga Captiva sovg`a qilganligi haqidagi xabarlar tasdiqlandi.

Shavkat Mirziyoev ushbu oila bilan suxbati chog`ida “Siz kabi ko`pni ko`rgan, yuzidan nur yog`ilib turgan otaxon va onaxonlar jamiyatimizning mustahkam zamini, yurtimizning fayzu barakasidir”, degan so`zlarni aytgandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar