AsosiyJamiyat
5299

​Donald Tramp Shavkat Mirziyoevga tabrik yo`lladi

'​Donald Tramp Shavkat Mirziyoevga tabrik yo`lladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevga Amerika Qo`shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp O`zbekiston Respublikasi va AQSh o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan tabrik yo`lladi.

Unda shunday deyiladi: “Mamlakatlarimiz 19 fevral kuni AQSh va O`zbekiston o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatilganining 25 yilligini nishonlaydi. Biz ikki tomonlama munosabatlarda erishilgan ko`plab natijalarimiz bilan faxrlanishimiz mumkin.

Kelgusi yillarda ham mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik sohasidagi umumiy maqsadlarimizni amalga oshirishda Siz bilan hamkorlikda ishlaymiz, degan umiddaman. Amerika Qo`shma Shtatlari O`zbekiston Respublikasi va uning qo`shni davlatlari suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini, shuningdek, Sizning Markaziy Osiyoni yanada taraqqiy ettirish va o`zaro hamjihatligini mustahkamlashga yo`naltirilgan sa`y-harakatlaringizni qo`llab-quvvatlaydi».

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Amerika Qo`shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampga yo`llagan tabrik maktubida shunday deyiladi: «O`tgan davrda o`zaro do`stlik va sheriklik munosabatlarida mustahkam poydevor yaratildi. Ko`p qirrali hamkorligimiz jadal va keng ko`lamli xarakter kasb etdi».

Davlatimiz rahbari mamlakatimiz tashqi siyosatining fundamental prinsip va konseptual asoslari o`zgarmasdan qolishini alohida ta`kidladi. O`zbekiston Respublikasi Amerika Qo`shma Shtatlari bilan an`anaviy munosabatlarni saqlash, har tomonlama hamkorlikni izchil mustahkamlash va rivojlantirishning qat`iy tarafdoridir.

Maktubda Amerika biznesining yurtimizda uzoq muddatli faoliyat yuritishi hamda AQShning etakchi korporasiya va kompaniyalari bilan investisiyaviy-texnologik hamkorlikni yanada kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta`kidlangan.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti o`zaro anglashuv, hurmat va ikki tomonlama manfaatdorlik tamoyillariga asoslangan strategik sheriklik ruhidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish O`zbekiston va AQSh xalqlari manfaatlariga xizmat qilishini qayd etgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar