AsosiyJamiyat

Prezident Shavkat Mirziyoev Qozog`iston rahbariga hamdardlik bildirdi

'Prezident Shavkat Mirziyoev Qozog`iston rahbariga hamdardlik bildirdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboevga Jambul viloyatida qor ko`chkilari oqibatida insonlarning halok bo`lgani munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdi.

Maktubda davlatimiz rahbari halok bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamda jarohatlanganlarga hamdardlik va dalda so`zlarini etkazishni so`radi.

Avvalroq Qozog`istonning Jambil viloyatida harbiy o`quv mashg`ulotlari o`tkazilayotganda qor ko`chishi oqibatida etti kishi halok bo`lgani haqida xabar bergandik.

Boshqa yangiliklar