AsosiyDunyo

​Tailandda budda rohiblari bilan polisiya o`rtasida to`qnashuv sodir bo`ldi

'​Tailandda budda rohiblari bilan polisiya o`rtasida to`qnashuv sodir bo`ldi'ning rasmi

Tailandning Vat Txammakay ibodatxona majmuasi darvozasi oldida budda rohiblari va polisiya o`rtasida to`qnashuv sodir bo`ldi, oqibatda bir ayol tan jarohati oldi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.

Tailand polisiyasi xayriya uchun yig`ilgan 40 million dollar pulni o`zlashtirgan, hozirda qidiruvda bo`lgan sobiq bosh rohib Pxra Txammachayoni qo`lga olish maqsadida ibodatxona darvozasi oldida turib ichkariga odamlarni o`tkazmadi. Rohiblarning polisiyachilarga qarshilik ko`rsatishi oqibatida to`qnashuv sodir bo`ldi. 54 yoshli ayol olomonning oyog`i tagida qolib, og`ir tan jarohati oldi va kasalxonaga yotqizildi. O`tgan hafta minglab polisiyachilar 400 gektar er maydonidan iborat ibodatxona hududini tekshirish uchun jo`natilgan edi. Qidiruv tadbiri o`tkazilganiga qaramay, jinoyatda ayblangan rohibni qo`lga olishning iloji bo`lmadi. Polisiya Pxra Txammachayoni ibodatxona hududida yashiringan, deb hisoblamoqda. Dushanba kuni esa “qidiruvni engillashtirish maqsadida” ibodatxonaga suv va elektr quvvati berish to`xtatildi. Bu esa rohiblarning noroziligiga sabab bo`ldi va ular bosh rohibni himoya qilish maqsadida polisiyaga qarshi ko`tarilishdi.

    Boshqa yangiliklar