Toshkentda muqaddam yopilgan avtomobil yo`llari ochilishda davom etmoqda. 18 fevral,shanba kuni Mustaqillik shoh ko`chasidan Tamara Xonim ko`chasi(«Darxon» kafesi atrofida)ga o`tish yo`li ochildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Mazkur yo`l 2015 yil yozida shoh ko`cha bo`ylab joylashgan boshqa bir qancha uchastlar qatori yopilgan edi. 2016 yil oktyabridan esa ushbu uchastkalarni bosqichma-bosqich ochish boshlandi.






