1

​Bor-budini xayr-saxovat uchun sarflagan sobiq milliarder va millionerlar

Dunyo 20.02.2017, 13:52
Teglar: Boylik
​Bor-budini xayr-saxovat uchun sarflagan sobiq milliarder va millionerlar

Bu insonlarning amalga oshirgan ishlari hurmat-e`tiborga loyiq. Hayotda ko`p narsaga erishgan mazkur odamlar o`z davlatining, boyligining quliga aylanib qolmadi, balki umri davomida topgan-tutganini muhtojlarga ulashdi. Ular hamma boyligini tarqatib yuborgan bo`lsalar-da, barchaning tasavvurida dunyoning eng badavlat kishisi bo`lib qolaveradi.


Vladislav Tetyuxin,
Yirik metallurgiya kompaniyasining sobiq hamkori

Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida yashovchi 82 yoshli milliarder Vladislav Tetyuxin issiq o`lkalardan villa sotib olishga harakat qilmadi. U o`zining barcha aksiyalarini sotib, sotuvdan tushgan 3,3 milliard rublga Nijniy Tagil shahrida tibbiyot markazini qurib, ishga tushirdi. Milliarder kelajakda klinika xodimlari uchun 350 ta kvartira, mehmonxona, talabalar yotoqxonasi, transport blogi va vertolyot maydonchasi qurishni rejalashtirdi. Hozirda Tetyuxin bosh direktor lavozimida ishlaydi. 82 yoshga to`lganiga qaramay, haftaning 6 kuni mobaynida ish tartibiga rioya qilgan holda soat 9:00 dan mehnat faoliyatini boshlaydi. Nijniy Tagil shahrining meri tibbiyot markazi yaqinidagi jamoatchilik transporti bekatini Vladislav Tetyuxin nomi bilan atashga va`da berdi.



Chak Fini,
Duty Free asoschisi

1988 yilda Forbes jurnali Chak Finini badavlat insonlar ro`yxatining 31 qatoriga joylashtirdi. Bunga boyligining hammasi o`ziga tegishli bo`lmagani ham sabab bo`lgandi. Fini anonim ravishda o`ziga tegishli bo`lgan boylikni turli-tuman korxona va tashkilotlarga xayriya qildi. Ko`p hollarda xayriya mablag`iga ega bo`lganlar ularga kim xayr-saxovat qilayotganidan bexabar bo`lgan. Chunki Chak Fini o`zi yordam ko`rsatayotgan tashkilotlardan nomini oshkor qilmaslikni talab qilgan.

Chak Fini barcha pullarni “The Atlantic Philanthropies” jamg`armasi nomidan xayriya qilgan. Ma`lumotlarga ko`ra, mazkur jamg`arma shu kunga qadar 6,2 milliard dollar mablag`ni xayr-ehson uchun sarflagan.


“Inson pulini ehson qilganida va bergan pulidan shifoxona qurilganini ko`rganida qalbini quvonch zabt etishiga ishonch hosil qildim. Pullarni bankka qo`yib ko`paytirgandan ko`ra, ezgu ishlar uchun sarflash mantiqan to`g`ri bo`ladi”, — deydi Fini.



Brain Berni
Qurilish va kadr tanlash sohasi biznesining sobiq egasi

Millionerning boshiga kulfat tushgunga qadar hammasi a`lo darajada edi. Brain Bernining rafiqasi saraton kasaliga chalingani ma`lum bo`ldi. Bu voqea unga qattiq ta`sir qildi, u xayriya ishlari bilan shug`ullanishga qaror qildi va boyligining ma`lum qismini tibbiyot mashinalari kollonasi tashkil etishga sarfladi. Mazkur tibbiyot mashinalari Shimoliy Angliyaning eng chekka qishloqlarida yashovchi aholisiga yuqori malakali tibbiyot xizmatini ko`rsata boshladi. Shifokorlarning maoshini Brain Berni o`z hisobidan to`ladi.


Bir yil davomida dard bilan kurashgan rafiqasi saratonni engishga muvaffaq bo`ldi. Bundan qalbi quvonchga to`lgan Brain Berni mol-mulkining kattagina qismini sotib, hamma pulni xayriyaga sarfladi. Shundan keyin xayriya jamg`armasi binosida joylashgan kichkina binoga ko`chib o`tib, hayotini saraton kasalligi bilan kurashishga bag`ishladi. Hozirda u nafaqasi hisobiga kun ko`radi va eski mashinada yuradi.



Olaf Ton,
norvegiyalik milliarder

Norvegiyalik milliarder Olav Ton o`zining 6 milliard dollar boyligini tibbiyot sohasidagi tadqiqotlarni moliyalashtirish uchun sarflashga qaror qildi. U umri davomida ishlab topgan pullari ezgulik uchun sarflanishini istadi va o`zining bu harakatini “Axir o`lganimda boyligimni narigi dunyoga olib ketolmayman-ku...” deb izohladi.


Olaf Tonning o`zi kamtarona hayot kechiradi. Oilali bo`lsa-da, farzand ko`rmagan. Shuning uchun bor boyligini xayriya qilishni niyat qildi. “Biror joyga borish uchun velosiped va chang`im bor. Ozgina ovqatga qornim to`yadi. Shunday ekan hammasi yaxshi bo`ladi”, deydi sobiq milliarder nashrlarga bergan intervyusida.


Tim Kuk,
Apple kompanisining bosh direktori

Tim Kukning boyligi 800 million dollar deb baholangan. 54 yoshli biznesmen 10 yoshli jiyanining o`qishi uchun to`lovni amalga oshirgandan keyin qolgan barcha boyligini xayriya ishlari uchun sarflashni maqsad qildi. U xayriya ishlari uchun pul o`tkazayotgan bo`lsa-da, bu pullarni qanday xayriya ishlariga sarflayotganini oshkor etmadi. Kukning aytishicha, u shunchaki cheklarga imzo chekmasdan, xayriyaning tizimli munosabatini yaratishni maqsad qilgan.



Shahzoda al-Valid,
Saudiya qirollik oilasi a`zosi

Shahzoda al-Valid boyligini xayriya ishlari uchun sarfladi. U birinchi navbatda ayollar huquqini himoya qiluvchi tashkilotlarga, bedavo dardlarning davosini topishda tadqiqot ishlarini olib boruvchi tibbiyot muassasalariga, tabiiy ofatdan jabrlanganlarga homiylik qilib, sog`lom turmush tarzini targ`ib qildi.

Shahzoda o`zining Twitter sahifasida Yaratgan unga juda katta boylik hadya etganini, mazkur boylikni muhtojlar bilan baham ko`rishi lozimligi haqida yozdi. Uning bunday qarorga kelishiga o`zining Gates Foundation xayriya jamg`armasini tashkil etgan Microsoft asoschisi Bill Geyts sababchi bo`lganligini ta`kidladi.


Sharhlar

​“Erim puli ko`paygach, o`zgarib qoldi...”

12.07.2017, 16:22

“Yoshim qirq beshda. Uch farzandning onasiman, bir qizimni turmushga uzatganman. Erimning ishlari 2-3 yil oldin yurishib ketdi, topish-tutishi yaxshilandi. Puli ko`paygach, u o`zgarib qoldi. Ichadigan...
​TO`LOVI € 100 000 BO`LGAN DUNYoNING ENG QIMMAT MAKTABI O`QUVChILARI QANDAY YaShAShADI

11.07.2017, 14:32

Doim boy odamlar qanday yashashini kuzatish qiziqarli. AdMe.ru Institut Le Rosey maktabiga sayohatga chorladi. Institut Le Rosey — Shveysariyada joylashgan qadimiy maktablardan biri. Uni «qirollik...
Sobiq millioner 20 yil mobaynida kimsasiz orolda yashadi

22.06.2017, 15:51

Avstraliyalik sobiq millioner Devid Gleshin (David Glasheen) 1987 yilda moliyaviy inqirozga uchragandan keyin 20 yil davomida kimsasiz orolda yashab kelmoqda, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.Ko`chmas...
​Forbes yana Bill Geytsni eng boy amerikalik deb tan oldi

22.06.2017, 15:09

Forbes tomonidan Amerikaning har bir shtatidan tanlab olingan boylar reytingiga ko`ra, Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts 88,9 milliard dollar bilan yana Amerikaning eng boy odami...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1