AsosiyShou-biznes

​Alisher Fayzdan kutilgan premera – “Onasi”

'​Alisher Fayzdan kutilgan premera – “Onasi”'ning rasmi

22 fevral kuni O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Alisher Fayz o`zining yangi “Onasi” nomli taronasini FM radioto`lqinlari orqali premera qiladi.

Mazkur tarona ilk bor xonandaning 2016 yil taqdim etilgan “Sevgi hikmati” nomli konsert dasturida jarang sochgandi. Konsert dasturidan o`rin olmagan ushbu taronani xonanda improvizasiya yo`li bilan jonli tarzda qo`lida dutor bilan ijro etgan.

Tarona konsertning o`zidayoq ommalashgani va muxlislar tomonidan eng ko`p so`ralganligi sababli Alisher Fayz uni studiyada yozdi.

Qo`shiq so`zi va musiqasi Alisher Fayzning o`ziga tegishli. Tez orada xonanda mazkur taronaga klip suratga olishni ham rejalashtirgan.

    Boshqa yangiliklar