Hamma zamonlarning eng buzg`inchi quroli uchun 240 ming dollardan ko`proq mablag` sarflandi, deb yozadi “Vesti”.
AQShda o`tkazilgan auksionda Gitlerning qizil telefoni aynan shu narxda sotildi. Xaridorning ismi oshkor etilmayapti. Hal qiluvchi narx masofaviy tarzda, telefon orqali o`rnatilgan.
Alexander Historical Auctions auksionlar uyida ishlovchi xodimlar mazkur telefonni sotib olgan kishi uni muzeyga berishiga umid qilmoqda. Aynan mana shu qizil telefon orqali nemislar dohiysi Ikkinchi jahon urushining so`nggi yillarida ko`plab buyruqlar bergan.
Telefon ilk marotaba 1945 yilda sovet askarlari tomonidan topib olingan. Keyinroq uni britaniyalik askarga berishgan.
Telefon askar oilasida 70 yildan ko`proq muddat saqlangan.