1

​Xorazmlik Dilafruz Hayitmetova Toshkentni zabt etish uchun eng zo`r klipmeykerlardan foydalanmoqchi (Video)

Shou-biznes 20.02.2017, 17:18
Teglar: Video, Klip, Shou-biznes
​Xorazmlik Dilafruz Hayitmetova Toshkentni zabt etish uchun eng zo`r klipmeykerlardan foydalanmoqchi (Video)

Xorazm yoshlari orasida mashhur bo`lgan, sobiq “Lazgi” ansambli raqqosasi Dilafruz Hayitmetova Toshkentni zabt etishga qaror qildi.

Mazkur jarayonga esa Dilafruz eng zo`r klipmeykerlarning xizmatlariga murojaat qildi.


Xususan xonandaning poytaxtni zabt etishi uchun Muhammadali Iskandarov boshchiligidagi “MIR ALI CINEMA” hamda Narimon Sultonxo`jaev rahbarligidagi “Narimonfilms” mehnat qilishmoqda. Eng zo`r klipmeykerlar tomonidan suratga olingan mazkur klipning suratga olinish jarayoniyoq ijtimoiy tarmoqlarni “gullatdi”. Lavhalarning o`zidanoq bu ijodkorlarning sa`y-harakatlari bilan Dilafruz o`z maqsadiga erishishi shubhasizligi ko`rinib turibdi.

onandaning ijodiga to`xtaladigan bo`lsak, u “Lazgi” ansamblining raqqosasi sifatida ko`p yillar ijod qilgan. U ustoz san`atkorlar bilan bir davrada turib, Xorazm kuy-qo`shiqlarini kuylab, maromiga etkazib raqsga tusholadigan ijodkorlardan. Xonanda o`z ijodi bilan Qozog`iston, Turmaniston va Tojikiston davlatlarida ham bo`lgan.


Poytaxtda ijod qilish va muxlislari ko`lamini orttirish xonandaning asosiy maqsadlaridan biri.

Klip ijodkorlarning taxminiy hisob-kitoblariga ko`ra, video mart oyida ekran yuzini ko`rishi rejalashtirilmoqda.

“Bum-bum” qo`shig`imning klipini suratga olish jarayonida ishtirok etgan barcha ijodkorlarga o`z minatdorchiligimni bildiraman”, deydi Dilafruz.

Klipning suratga olish jarayonidan Sayyod.com tomonidan tayyorlangan qiziqarli videoreportajni quyida tomosha qilishingiz mumkin.

Sharhlar

Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Oqqo`rg`onda vertolyot ishtirokida to`y kortejini qilganlar jarimaga tortildi (video)

16.11.2023, 12:40

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1