AsosiyDunyo

​Myunxenda Estoniya prezidentini hech kim tanimagani estonlarning kulgisiga sabab bo`ldi

'​Myunxenda Estoniya prezidentini hech kim tanimagani estonlarning kulgisiga sabab bo`ldi 'ning rasmi

Xavfsizlik bo`yicha Myunxenda o`tkazilgan anjumanda qatnashgan Estoniya prezidentini hech kim tanimagani mamlakat fuqarolarining kulgisiga sabab bo`ldi, deb xabar berdi “Eadaily.com” nashri.

Anjuman doirasida o`tkazilayotgan bahs-munozarada boshlovchilik qilayotgan Britaniyaning Financial Times gazetasi muharriri Filipp Stivens savol berish uchun qo`l ko`targan Estoniya prezidenti Kersti Kalyulaydni tanimay, uning ismi-sharifini so`radi va noqulay ahvolga solib, qizarishga majbur qildi. “Mana bu notanish ledining savoli bor ekan... marhamat, o`zingizni tanishtiring, qaysi davlat vakilisiz?” dedi Stivens Estoniya prezidentiga qarab. “Rahmat, men Kersti Kalyulayd, Estoniya prezidentiman”, — deb javob berdi Kalyulayd. 17 fevraldan to 19 fevralgacha o`tkazilishi rejalashtirilgan mazkur anjumanda dunyoning 30 dan ortiq davlat rahbarlari, 80 nafar mudofaa vazirlari qatnashmoqda, ammo shunga qaramay, Boltiqbo`yining kichkinagina mamlakati rahbarini hech kim tanimadi. Munozarada qatnashayotgan Boltiqbo`yi davlatlaridan yana biri hisoblangan Litva prezidenti Dalya Gribauskayteni Stivens bexato tanidi. Mazkur voqea Estoniya davlati imijiga salbiy ta`sir ko`rsatdi, deb xabar berdi “Baltnews.ee” nashri. Shu sababli Tallindagi Vesterinen Partnerid huquqshunoslik byurosi mamlakat prezidentiga xalqaro anjumanlarga borganda “men Estoniya prezidentiman. Ismi-sharifim Kersti Kalyulayd”, degan yozuvli beyjik taqishni maslahat berdi.

    Boshqa yangiliklar