AsosiyDunyo
6127

​Permlik dasturchi Terminatorning nusxasini yaratdi (Video)

'​Permlik dasturchi Terminatorning nusxasini yaratdi (Video)'ning rasmi

Rossiyaning Perm shahrida yashovchi dasturchi Aleksandr Osipovich 3D-printeri yordamida Terminatorning nusxasini yaratdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Mashhur filmdagi robotning nusxasi o`zi turgan joyni aniqlay oladi, boshini qimirlatadi va sodda tilda suhbatlasha oladi. Shu bilan birga, u Internetdan zaruriy ma`lumotlarni olib, o`zining ma`lumotlar bazasini yangilash xususiyatiga ega. Osipovich bundan etti yil ilgari, institutda o`qib yurgan kezlari mazkur robotni yaratish ustida ish boshlagan edi. Dasturchi avvaliga terminatorning miyasini, 2013 yilda esa 3D-printeri yordamida temirtanning boshqa qismlarini yaratdi. Kelajakda Osipovich robotning bilimlar bazasini kengaytirib, qo`l-oyoqlarini takomillashtirishni rejalashtirdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar