Malayziya — Osiyoning eng sirli va sehrli mamlakatlaridan biri hisoblanadi, deb xabar berdi “Onedio.ru” nashri.
Ammo shunga qaramay, sayyohlar Malayziyadan ko`ra, ko`proq Singapur, Tailand va Indoneziyaga borishni afzal ko`rishadi. Agar yaxshiroq e`tibor bersangiz, Malayziyaning o`ziga xos boy madaniyatini va u erda maqtovga loyiq insonlar yashashini ko`rasiz. Quyida esa sizni mamlakat haqida hech kim bilmaydigan 12 ta fakt bilan tanishtiramiz.
1. Malayziya — Osiyoning eng ko`p millatli mamlakati hisoblanadi
Mamlakatning faqatgina 50 foizi tub aholi — malayziyaliklar hisoblanadi. Qolgan 50 foizining 23 foizini xitoyliklar, 7 foizini hindlar qolganini esa mayda millatlar tashkil etadi. Malayziya xalqi rasman islom diniga sig`inadi. Aholining 61 foizi musulmonlar bo`lib, qolganlari nasroniy, budda va induizm diniga mansubdir.
2. Malayziyada hech kim saylov qachon bo`lishini bilmaydi
Boshqa mamlakatlardan farqli ravishda Malayziyada qachon saylov bo`lishining aniq muddatini hech kim bilmaydi. Malayziya Konstitusiyasi parlament saylovlarini har besh yilda kamida bir marta o`tkazishni ko`zda tutgan. Ammo bosh vazir istagan paytda saylov kunini e`lon qilishi mumkin.
3. Penang — ko`cha ovqati bo`yicha Osiyo poytaxti hisoblanadi
Jorjtaun Malayziyadagi Penang shtatining markazi hisoblanadi, u o`zining ko`chada tayyorlanadigan taomlari bilan nafaqat Osiyoda, balki butun dunyoda mashhurdir. Agar shahar bo`ylab piyoda sayr qiladigan bo`lsangiz, ko`chada somsadan tortib, ugragacha tayyorlangan taomlarni sotib olishingiz mumkin bo`ladi.
4. Dunyoning eng katta guli Malayziyada o`sadi
Dunyoning eng katta guli bo`lgan raffleziya Malayziyaning eng mashhur o`simligi hisoblanadi va uning diametri bir metrdan kattadir. U gullayotganda o`zidan judayam sassiq hid taratganligi tufayli “jasad gul” nomini olgan.
5. Bu erda it bilan o`ynashgan odam o`lim jazosiga hukm qilinadi
Islom diniga e`tiqod qiluvchi Malayziya hukumati itni eng nopok jonivor deb hisoblaydi va u bilan o`ynashgan odamga o`lim jazosi beriladi.
6. Bu erda hammaning ham oshqozoni ko`tara olmaydigan “mevalar podshohi” o`sadi
Malayziyada “mevalar podshohi” hisoblangan durian o`sadi. Ammo “mevalar podshohi”ning hidi shu qadar badbo`yki, aksariyat mehmonxonalar tashrif buyuruvchilarga uni o`zlari bilan olib kelishni taqiqlab qo`ygan.
7. Dunyoning eng zo`r badmintonchisi malayziyalikdir
Malayziyalik Li Chong Vey so`nggi 10 yil davomida dunyoning eng zo`r va Xalqaro badminton federasiyasining birinchi raqamli badmintonchisi hisoblanadi.
8. Malayziyada giyohvandlik moddasi saqlagan odam ham o`limga mahkum etiladi
Mamlakatda 15 gramm geroin va morfin, 1 kilogramm opiy, 40 gramm kokain yoki 200 gramm marixuana saqlagan fuqaro o`lim jazosiga hukm etiladi.
9. Malayziya dunyoning eng byudjeti zo`r avialiniyali mamlakati hisoblanadi
AirAsia aviakompaniyasining qizil-oq rangli samolyotlari Osiyoning 20 dan ortiq mamlakatlariga parvozni amalga oshiradi. Bunday parvozga orqaga qaytishni hisobga olganda 100 dollar mablag` sarflanadi. Bu erdan uzoq mamlakatlarga — Hindistonga, Saudiya Arabistoniga va Avstraliyaga ham uchish mumkin.
10. Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda dunyodagi eng baland osmono`par ikki bino joylashgan
Kuala-Lumpurda 1998 yilda barpo etilgan, dunyoning eng baland imorati Petronas minoralarini ko`rish mumkin. U juft holda bo`lib, balandligi 51, 9 metrni tashkil etadi.
11. Mamlakat bo`ylab safar qilish uchun albatta pasport kerak bo`ladi
Malayziyaning Borneo orolidagi Sabax va Saravak nomli ikki shtati o`z qonun-qoidalariga egadir. Bu erda mamlakat fuqarolaridan ham pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat talab qilinadi.
12. O`quvchilar bir paytda sinxron ravishda nutq so`zlanadigan tanlovlarda qatnashadi
Malayziyaning aksariyat maktab o`quvchilari xoreografik elementlar mavjud bo`lgan, ingliz tilida aytiladigan “nutqiy xor”, deb ataluvchi tanlovda ishtirok etadi.