AsosiyDunyo

​Supermarket xodimlari lo`li ayollarni axlat konteyneriga qamab, masxara qildi

'​Supermarket xodimlari lo`li ayollarni axlat konteyneriga qamab, masxara qildi'ning rasmi

Italiya polisiyasi Lidl supermarketi xodimlari tomondan suratga olingan videorolik yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru”nashri.

Kadrda ikki erkakning qo`rquvdan qichqirayotgan ikki lo`li ayolni axlat konteyneriga qamab, ustidan kulayotganliklarini ko`rish mumkin. Nashrning ma`lumot berishicha, videorolik Italiyaning Follonike shahridagi supermarketda suratga olingan. Supermarket xodimlari axlat qutilarni titayotgan lo`li ayollarni ko`rib, ularni chiqindini qayta ishlovchi konteyner ichiga qamashgan. Ayollarning qo`rquvdan qichqirishi ularning kulgisiga sabab bo`lgan. Ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan mazkur video 20 ming marotaba tomosha qilingan. U huquq-tartibot idorasi xodimlarining e`tiborini tortdi, ayni paytda kadrga tushib qolgan erkaklar qidirilmoqda.

Boshqa yangiliklar