AsosiyDunyo

​Jazoirda polisiya uchastkasida xudkush-terrorchi o`zini portlatib yubordi

'​Jazoirda polisiya uchastkasida xudkush-terrorchi o`zini portlatib yubordi'ning rasmi

Jazoirning Konstantin shahridagi polisiya uchastkalaridan birida xudkush-terrorchi o`zini portlatib yubordi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Terrorchi polisiya uchastkasi binosining ichiga kirishga harakat qilgan, ammo polisiyachilar to`xtatgan, shunda u beliga bog`langan “ajal kamari”ni ishga tushirgan. Portlash oqibatida uch nafar polisiya xodimi yaralandi. Jazoir xavfsizlik xizmati terrorchining shaxsini aniqladi, u ilgari ham huquq-tartibot idoralari xodimlariga hujum qilgan jinoyatchi ekanligi ma`lum bo`ldi.

Boshqa yangiliklar