Ushbu haftada O`zbekistonda yana harorat soviy boshlaydi.
Biroz iliq fursatdan so`ng mamlakatimizga Rossiyaning Povolojya hududidan yana nam va sovuq havo oqimi kirib keladi.
Qishning so`nggi kuni hali iliq bo`ladi. 1 martdan e`tiboran harorat pasaya boshlaydi. Shu kuni O`zbekistonda yomg`ir, 2 martdan esa qor yog`ishi kutilmoqda. 3 martdan yog`ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati kunduzi +3...+8 ˚C tushadi, tunda minus 3˚C pasayadi.