26 mart kuni “O`zbekiston havo yo`llari” MAK yozgi jadvalga o`tadi. Bahor-yoz mavsumida odatda mashhur yo`nalishlar bo`yicha reyslar soni oshadi, shuningdek yangi parvozlar hisobiga yo`nalish tarmog`i kengayadi.
Pokistonning Lahor va Tojikistonning dushanbe shahriga reyslar apreldan boshlab amalga oshiriladi. Parvozlar A-320 samolyotlarida haftada 2 marta amalga oshiriladi: chorshanba va payshanba - Laxorga, seshanba va shanba - Dushanbega.
«Yoz-2017» jadvalida Nyu-York, Seul, Mineralnie-Vodi va Astana shaharlariga parvozlar ko`paytiriladi.