1

​Bahrom Nazarov baxtini topishiga Ozodbek Nazarbekovning rafiqasi sabab bo`lgani haqida(Eksklyuziv)

Shou-biznes 28.02.2017, 15:19
Teglar: Xonanda
​Bahrom Nazarov baxtini topishiga Ozodbek Nazarbekovning rafiqasi sabab bo`lgani haqida(Eksklyuziv)

“Darakchi” gazetasining “10 qaltis savol” loyihasining navbatdagi mehmoni o`z muxlislariga ega xonanda Bahrom NAZAROV...

San`atda “o`ta kamtar xonanda”, deya nom qozongansiz. Bunga tarbiya sababmi yo bu “olam”ga kech kirib kelganingiz uchun hali ham o`zingizni suvdagi baliqdek his qilmayapsizmi?

— Oq-qorani ajrata oladigan vaqtimda omad berganiga shukr qilaman. Aksincha yoshligimda san`atga kirib kelganimda balki kibrga berilib, “yulduzlik kasali”ga chalingan bo`larmidim?! Stadionda konsert berganimda ham, qarsaklar, muxlislarning menga talpinayotganini ko`rganimda ham, havolanmayman. Chunki ustozim Ozodbek Nazarbekov, do`stim Alisher Fayz bu yo`ldan qanday o`tishganini ko`rganman. Mashhurlik o`tkinchi ekanligini, ertaga o`rnimni bo`shatib qo`yishim kerakligini bilaman. Kibr-manmanlik san`atkordan begona bo`lishi shart, chunki xonanda xalq xizmatchisi.

Tanlagan kasb sirlarini mukammal egallab, ijod qilish uchun o`sha soha bo`yicha tahsil olish kerak, yo men yanglishyapmanmi?

— To`g`riku-ya, lekin san`atda ko`proq mehnat qilib, izlanishning o`zi kifoya, tahsil olish shartmas. Chunki manaman, degan san`atkorlarimizning ko`pchiligi ham musiqa sohasida tahsil olmagan. O`n bir yil avval hozirgi O`zbekiston Davlat san`at va madaniyat institutiga o`qishga qabul qilingandim. Biroq sharoitim to`g`ri kelmagani bois tashlab ketishga majbur bo`lganman. Nasib bo`lsa, shu yil yana o`qishga hujjat topshirib, imkoniyatim borida o`qib olmoqchiman.

“Maqom janrida kuylashni eplolmasam kerak”, degandingiz. Bu bilan imkoniyatingizni to`g`ri baholayapsizmi yo urinib ham ko`rmay xulosa chiqaryapsizmi?

— Haqsiz, urinib ko`rmay xulosa chi­qa­r­yapman. Balki yillar o`tib, o`z ustimda ishlab, bu yo`nalishga ham qo`l urarman.

Prodyuseringiz bilan hamkorlikni to`xtatganingizga sabab, mablag`ni ikkiga bo`lolmaganingizmi?

— Yo`q, shartnomamiz tugadi, xolos.

Bir ko`rinib, ma`lum muddat kamnamo bo`lib qolishingiz mablag` bilan bog`liqmi?

— Muxlislarni bezdirib qo`yishdan qo`rqaman. Sog`inib, intiq bo`lib kutishganida qo`shiq taqdim qilsam, buning zavqi o`zgacha. Oradagi tanaffus esa izlanib, yangilik qilishimga imkon bo`ladi. So`zim isboti sifatida shu kunlarda “Nahotki” qo`shig`imni klipi bilan taqdim etish arafasida ekanimni ayta olaman.

“Ustoz ko`rmagan shogird har maqomga yo`rg`alar”, deyishadi. Lekin sizning ustozingiz O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov. Shunga qaramay, repertuaringizda o`g`irlangan, qayta kuylangan qo`shiqlar etarlicha...

— Ijodkorning ichki “men”i bo`ladi. Bordi-yu, maslahat solganimda 60 foiz odam fikrimga qo`shilmasa-da, bilganimdan qolmayman. Yangilik osmondan tushmaydi, hamma narsa bir-biriga qiyos, nimadandir ilhomlanib yaratiladi. Ko`pgina xonandalar repertuarida plagiat qo`shiqlar bor. Lekin negadir menga kelganda tanqid kuchayib ketdi. “Pari-pari”ga kelsak, muallifidan ruxsat olib kuylaganman. Qolaversa, davralarda kuylasam, “boshqa qo`shig`ingni kuyla, bu o`g`irlangan”, demay jon qulog`i bilan tinglab, raqs tushishadi. To`g`ri, bu borada Ozod aka “Mualliflik qo`shiqlar kuylagin”, deb tanbeh berganlar. O`shandan keyin plagiatga qo`l urmadim. Lekin bu ijod, yuragim “jiz” etsa, kuylayveraman. Masalan, “Yana kulsang” qo`shig`imni turkman, qozoqlar kuyladi. Ustozimiz Muhriddin Xoliqovning “Kechikish” qo`shig`ini esa “O`xshaydi-ku” teleloyihasi uchun kuylagandim. Shu ko`rsatuvdan so`ng qo`shiq ommalashgani bois imkoniyatni qo`ldan boy bermaslik uchun klip olib, muxlislarga taqdim qilganmiz.

Xonanda Jasur Mavlonovning “Etimlar” qo`shig`ini qayta kuyladingiz, klip ham suratga oldingiz. Qayta kuylangan qo`shiq bo`lgani uchun TVda emas, faqat internetda aylantirdingizmi?

— Televidenieda mahzun qo`shiqlarni namoyish qilishga ruxsat berilmaydi. Aslida “Ona”, “Etimlar”, “Qaramading” qo`shiqlarim konsertning o`zida ommalashgan. Shu bois klipini televidenieda aylantirishga hojat qolmagan. “Etimlar”ga klip suratga olganimga kelsak, qo`shiq ma`nosi tushunarli bo`lishi uchun konsertda katta monitorda namoyish qilish maqsadida ishlangandi. Doim ham televidenie uchun ishlamayman.

2015 yil noyabrda ikki kunlik ilk yakkaxon konsertingizni xalqqa taqdim etdingiz. Katta sahnaga chiqqach, anglagan haqiqatingiz...

— Mehnat qilib, izlanib, chekkan mashaqqating mukofotlanishiga yana bir bor amin bo`ldim. Katta sahnaga chiqqanimda ko`zim oldidan “kechgan daryo”larim kinotasmasidek o`tgan...

Ba`zi san`atkorlar reytingini o`ylab, oilasi haqida so`zlashni xushlamaydi. Ayrimlar shaxsiy hayotni ishdan yiroq tutadi. Siz qaysi toifaga kirasiz?

— Oila — eng buyuk ne`mat! Tirnoqqa zorlar qancha, farzandlarni ommadan yashirishdan nima naf? Shukr qilish kerak. Bu reytingga zarracha ham ta`sir qilmaydi. Rafiqam uy bekasi, o`g`lim Ozodbek besh yoshda, qizim Zehina esa ikki yarim yoshga kirdi.

Maxsus savol! DILSO`Z, xonanda: — Bahrom aka, birinchi muhabbat sizni ham chetlab o`tmagandir?

— Yoshligim mehnatda o`tgani uchun muhabbatga vaqtim bo`lmagan. Maktab vaqtida hamma qatori o`tkinchi hislar bo`lgan. Talabalikda esa sirtdan o`qib, Ozod akaga shogird tushganman, o`zimdan ortmaganman. Chin muhabbatim, albatta, rafiqam. Bir yil sevishib, sinashib oila qurganmiz. Tanishuvimizga ustozimning rafiqasi sababchi bo`lgan.

Sadoqat ALLABERGANOVA suhbatlashdi.

Sharhlar

Mashhur xonanda 61 yoshida vafot etdi

10.12.2019, 20:06

 Taniqli shved guruhi — «Roxette» solisti Mari Fredriksson 61 yoshida vafot etdi. Bu haqda Shvesiya OAVlariga asoslanib xabar berildi.Dagens Nyheter nashrining yozishicha, xonanda uzoq yillar davomida saraton xastaligiga...
​ FARRUH ZOKIROVDAN TANQID EShITGAN VA TOHIR SODIQOV DUET KUYLAShDAN BOSh TORTGAN UMIDAXON

11.08.2017, 16:04

"Darakchi" gazetasidagi "10 qaltis savol" loyihasining galdagi mehmoni professionalmusiqiy bilimga ega xonanda UMIDAXON... 1 — “Umr o`tar”, “Yulduzimsan”, “Sendadur ko`nglim” va “Yo`limdan qoch”, “Serial”, “Safsata”...
​OZODBEK NAZARBEKOV MADANIYaT VAZIRLIGIDAGI BIRINChI ISh KUNI QANDAY O`TGANINI SO`ZLAB BERDI

11.08.2017, 13:51

O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov jurnalist Jasur Hamroev bilan suhbatda madaniyat vaziriningbirinchi o`rinbosari sifatidagibirinchi ish kuni qanday o`tgani hamda endilikda ijodini davom ettirishi...
​VIA "MAROQAND"ChI ABDURAShID UYLANDI(FOTO)

08.08.2017, 10:55

7 avgust kuni o`zbek shou-biznesining ikki vakili oila qurdi. Poytaxtdagi "Osiyo grand" restoranida Shohruhxonning ukasi, aktyor Muhammadali va Irodaxonning visol oqshomi bo`lib o`tdi. Shu kuni...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1