AsosiyJamiyat

​Rustam Azimov Turkiya Prezidenti bilan muzokara o`tkazdi

'​Rustam Azimov Turkiya Prezidenti bilan muzokara o`tkazdi'ning rasmi

2017 yilning 27 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari Rustam Azimov Turkiya Prezidenti Rajab Tayip Erdo`g`on bilan muzokaralar o`tkazdi.

Azimov va Erdo`g`on muzokaralari Istambul shahridagi Beylarbeyi saroyida bo`lib o`tdi. 45 daqiqa davom etgan uchrashuv yopiq eshiklar ortida o`tdi, deb yozadi UzDaily nashri.

Aytish joizki, O`zbekiston delegasiyasi Istambul shahrida bo`lib o`tgan O`zbekiston-Turkiya biznes-forumida ishtirok etdi.

Forum yakunlariga ko`ra O`zbekiston va Turkiya iqtisodiy sohadagi hamkorlik to`g`risida kelishib olishdi.

Shartnomada hamkorlikning quyidagi 10 ta yo`nalishlari belgilab olingan: qishloq xo`jaligi, tekstil, elektronika, kimyo sanoati, turizm va logistika.

Uchrashuv davomida tomonlar iqtisodiyotning barcha jabhalarida hamkorlikni yshlga qo`yish maqsadga muvofiq bo`lishini ta`kidladilar.

    Boshqa yangiliklar