AsosiyJamiyat

​Prezident Shavkat Mirziyoev Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktorini qabul qildi

'​Prezident Shavkat Mirziyoev Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktorini qabul qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 28 fevral kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkinni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, mamlakatlarimizning zamonaviy tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish sohasidagi o`zaro hamkorligi yuksak darajada ekanini alohida ta`kidladi, deb yozadi O`zA.

Suhbat chog`ida ekstremizm, terrorizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

S.Narishkin qabul uchun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevga samimiy minnatdorlik bildirdi va Prezident Vladimir Putinning ezgu tilaklarini etkazdi.

Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori davlatlarimiz xavfsizligini ta`minlash borasidagi dolzarb vazifalarni bajarishdagi o`zaro hamkorlik darajasini yuqori baholadi.

Boshqa yangiliklar