AsosiyDunyo

​Kemerovolik biznesmen uyining garajida otib o`ldirildi

'​Kemerovolik biznesmen uyining garajida otib o`ldirildi'ning rasmi

Rossiyaning Kemerovo shahrida yashovchi 39 yoshli tadbirkor uyining garajida otib o`ldirildi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Tergov boshqarmasidan olingan ma`lumotga ko`ra, voqea kecha kechqurun Kemerovo shahrining Zavod tumanida ro`y bergan. Biznesmen mashinasini garajga qo`yayotganda trevoga tugmachasini bosgan. Zudlik bilan etib kelgan Rosgvardiya naryadi xodimlari garajdan boshi va bo`ynidan o`q egan biznesmenning jasadini topishgan. Dastlabki ma`lumotga ko`ra, u Makarov to`pponchasidan otib o`ldirilgan. O`ldirilgan tadbirkor viloyat markazida elektr tovarlarini sotish bilan shug`ullangan. Mazkur fakt bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar