AsosiySport

Garet Beyl qilmishi uchun “Real”dan kechirim so`radi

'Garet Beyl qilmishi uchun “Real”dan kechirim so`radi'ning rasmi

Madridning “Real” jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Las-Palmas”ga qarshi (3:3) Ispaniya chempionati 25-turidan keyin o`z fikrlarini bildirib o`tdi. Fransiyalik mutaxassis o`yinning 49-daqiqasida maydondan chetlatilgan Garet Beyl haqida ham to`xtalib o`tdi.

“Raqib birinchi bo`limda to`pni nazorat qildi va bizga muammolar tug`dirdi. Beylning chetlatilishidan keyin jamoa irodali o`yin namoyish qildi. Afsuski, ochko yo`qotdik. Umuman olingan bir ochkodan xursand bo`lishimiz kerak, ammo chempionlik uchun bu kam.

“Hakamlar ishiga aralashmaymiz, qaror o`z kuchida qolaveradi. Bu futbol va unda shunday vaziyatlar bo`lib turadi. Beyl o`yindan chetlatilgani uchun jamoadan uzr so`radi, – dedi Zinedin Zidan.

Boshqa yangiliklar