AsosiyJamiyat

​Toshkentda sodir etilgan jinoyatlar 2,1 foizga kamayib, jinoyatlarni fosh etilishi 3,9 foizga yaxshilandi

'​Toshkentda sodir etilgan jinoyatlar 2,1 foizga kamayib, jinoyatlarni fosh etilishi 3,9 foizga yaxshilandi'ning rasmi

2017 yil 1 mart kuni xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi navbatdagi yigirmanchi sessiyasi bo`lib o`tdi. Unda qonuniylikni mustahkamlash, ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, aholiga tibbiy xizmat ko`rsatishni va dori vositalari ta`minotini yanada yaxshilash va Kengash vakolatiga doir boshqa qator masalalar ko`rib chiqildi. Sessiyani Toshkent shahar Kengashi raisi, shahar hokimi Rahmonbek Usmonov olib bordi.

Unda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan sog`liqni saqlash tizimining holati, muammolari va rivojlanish istiqbollariga bag`ishlab o`tkazilgan majlislarda belgilangan vazifalarning o`z vaqtida, to`liq va sifatli ijro etilishini ta`minlash, shu jumladan aholiga tibbiy xizmat ko`rsatish samaradorligini, tibbiy madaniyatini yanada oshirish, ushbu sohadagi qonunchilikni takomillashtirish va amaliyotga samarali tatbiq qilish borasidagi ishlarni tashkil etishga ko`maklashish, shuningdek «Fuqarolar sog`lig`ini saqlash to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining ijro etilishi va unga so`zsiz amal qilinishi borasidagi deputatlar nazoratining ta`sirchan mexanizmlarini takomillashtirish oid masalalar ko`rib chiqildi.

Toshkent shahrida sog`liqni saqlash tizimini isloh qilish, eng avvalo, onalar va bolalar sog`lig`ini muhofaza qilishni ta`minlash yuzasidan tibbiy xizmat ko`rsatish darajasini oshirish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini yanada takomillashtirish, oilaviy poliklinika va boshqa sog`liqni saqlash muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta`minlash tizimini tubdan takomillashtirish borasida izchil ishlar olib borilayotgani ta`kidlandi

Shu bilan bir qatorda joylarda o`tkazilgan o`rganishlar yakunlari aholiga tibbiy xizmat ko`rsatish samaradorligining pastligi va sog`liqni saqlash muassasalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash, ularni kerakli dori vositalari bilan doimiy ravishda ta`minlash zarurligini, ushbu muassasalarning bugungi kun talablariga muvofiq faoliyat yuritishi uchun mavjud imkoniyatlardan to`liq foydalanilmasdan kelinayotganligini ko`rsatgan.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining

2017 yil 24 fevraldagi “Aholiga tibbiy xizmat ko`rsatishni, dori vositalari ta`minotini yanada yaxshilash, ushbu sohadagi qonunchilikni amaliyotga samarali tatbiq etishga ko`maklashish, shuningdek bu sohada parlament va deputatlar nazoratini samarali amalga oshirish

chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori ijrosini ta`minlash maqsadida xalq deputatlari Toshkent shaxar Kengashining aholiga tibbiy xizmat ko`rsatishni va dori vositalari ta`minotini yanada yaxshilash, ushbu sohadagi qonunchilikni amaliyotga samarali tatbiq qilish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish bo`yicha Toshkent shahar hududiy komissiyasi tuzildi.

Hududiy komissiyaning asosiy vazifalari etib, Toshkent shahridagi sog`liqni saqlash muassasalari tomonidan aholiga tibbiy xizmat ko`rsatishni va dori vositalari ta`minotini yanada yaxshilash borasidagi faoliyatini joyiga chiqib o`rganish, o`rganish natijalarini shahar Kengashi sessiyalarida muntazam muhokama qilib borish, aniqlangan muammolarni joyida bartaraf etilishiga doir choralar ko`rish, sog`liqni saqlash sohasini rivojlantirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish belgilandi.

Sessiya kun tartibi bo`yicha Toshkent shahar prokuraturasi organlarining shaharda qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurashish hamda profilaktika qilish borasidagi faoliyati yuzasidan Toshkent shahar prokurorining axboroti tinglandi.

Toshkent shahar prokurorining axboroti asosida shahar hududida qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qo`shimcha chora-tadbirlar belgilandi.

Sessiyada poytaxt ichki ishlar idoralari tomonidan Toshkent shahri hududida xavfsizlikni ta`minlash, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasida samarali chora-tadbirlar amalga oshirilgani ta`kidlandi.

Barcha xizmat yo`nalishlari bo`yicha sodir etilgan jinoyatlar 2,1 foizga hamda jinoyat qidiruv sohasidagi jinoyatlar 6,3 foizga kamayishiga erishildi. Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida jinoyatlarni fosh etilishi 3,9 foizga yaxshilandi. Shu bilan birga, o`z xizmat vazifalariga vijdonan yondoshib sidqidildan xizmat qilib kelayotgan xodimlarni taqdirlab borish, bu borada xodimlar o`rtasida sog`lom raqobat yaratish maqsadida, sohaviy xizmatlar yo`nalishida ko`rik-tanlovlar o`tkazilishi tashkil etildi.

Bundan tashqari, joylardagi profilaktika inspektorlari bilan o`zini-o`zi boshqarish idoralari o`rtasidagi hamkorlik etarli darajada tashkil etib borilmayotganligi, profilaktika inspektorlarining aloqasidagi manbaalar imkoniyatlaridan foydalanish bugungi kun talabiga javob bermasligi oqibatida mahallalardagi notinch oilalar, bir-biriga qasdlashgan fuqarolar to`g`risida to`liq ma`lumotga ega bo`lish, ularning o`rtasidagi jinoyat sodir bo`lishini oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar hanuzgacha talab darajasida olib borilmayotganligi qayd etildi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bo`yicha komissiyaning Toshkent shahar hududiy komissiyasi tuzilib, ularning vazifalari belgilandi.

Shuningdek, sessiyada O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo`yicha vakili (Ombudsmanning) Toshkent shahridagi mintaqaviy vakilining hisoboti, joylarda tashkil etilgan fuqarolar qabulxonalari faoliyati samaradorligini oshirish, ba`zi geografik ob`ektlar nomlarini tartibga keltirish va boshqa masalalar ko`rib chiqildi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yigirmanchi sessiyasida ko`rilgan barcha masalalar bo`yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Boshqa yangiliklar