AsosiyShou-biznes

​Mayda O`zbekistonda V Evropa filmlari festivali bo`lib o`tadi

'​Mayda O`zbekistonda V Evropa filmlari festivali bo`lib o`tadi'ning rasmi

Joriy yilning may oyida O`zbekistonda V Evropa filmlari festivali o`tkaziladi. “O`zbekkino” Milliy agentligi direktori Otabek Musaev Evropa Ittifoqining mamlakatimizdagi delegasiyasi elchisi Eduards Stiprays bilan ushbu tadbirni tashkillashtirish masalasini ko`rib chiqdi.

Evropa filmlari festivali “O`zbekkino” MA va Evropa Ittifoqi delegasiyasi hamkorligida 2013 yildan buyon an`anaviy tarzda o`tkazib kelinadi. O`tgan yilgi festival dasturida Evropa Ittifoqiga a`zo 12ta mamlakat va Shveysariya kinoijodkorlari tomonidan ishlab chiqarilgan hamda nufuzli kinofestivallarda g`olib va sovrindor bo`lgan jami 17ta badiiy film namoyish etilgan edi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar