“Instagram”da O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning noodatiy tarzda tushgan surati paydo bo`ldi.
Odatda jiddiy qiyofada ko`rinish beradigan Ozodbek Nazarbekovni bir qarashda tanish qiyin, ammo suratdagi haqiqattan ham u.
Avvalroq o`zbekistonlik Shahzodalar suratga tushgan o`sha mashhur delfin bilan endi Ozodbek Nazarbekov suratga tushdi.
Xonandaning matbuot vakili bergan ma`lumotlarga ko`ra, surat xonanda farzandlari bilan fevral oyida Dubayga amalga oshirgan safari chog`ida olingan.
Xonandaning ijodidagi yangiliklari haqida qiziqqanimizda, u 23-24-25-26 mart kunlari Vodiy bo`ylab konsert taqdim etishi haqida bildik. Xonanda Andijon, Farg`ona, Namangan va Qo`qon shahridagi amfiteatrlarda o`zining bahoriy konsertini taqdim etadi.
Foto: Kinorama.uz