Ona sayyoramizda har kuni yuzlab insonlar hech bo`lmaganda biror yaxshilikni, ezgulikni amalga oshiradi. Ammo guruch kurmaksiz bo`lmaydi, deganlaridek, ularning orasida bu ishlarni chin yurakdan emas, balki shon-shuhrat uchun bajaradiganlari ham topiladi. Shu bilan birga shunday insonlar ham borki, ular har qanday og`ir vaziyatda ham insoniyligini yo`qotmay, qo`llaridan kelgancha boshqalarga yordam beradi. Marhamat, ular bilan tanishing.

London aholisi norozilik namoyishidan keyin ko`chalardagi ommaviy tartibsizliklarning oldini olish uchun birlashdi

Nikol Grem ismli mana bu qiz to qutqaruvchilar etib kelgunga qadar, botqoqqa botib qolgan otining boshini bo`g`ilib qolmasligi uchun qo`lida tutib turdi.

Missurida o`tkazilgan norozilik namoyishidan keyin shahar aholisi savdo do`konlari talon-taroj qilinishining oldini olish uchun birlashdi.

Disneylend qo`riqchisi qizchani xursand qilish maqsadida uni “malika” deb o`ylaganini ma`lum qildi va qizchadan dastxat so`radi. Aslida uning yondaftari boshqa mashhurlarning dastxati bilan to`lib bo`lgandi.

Suratdagi bu ayol misrlik bo`lib, u yaralangan namoyish qatnashchisini harbiylarning buldozeridan himoya qilmoqda.

Tunislik qizaloq norozilik namoyishi qatnashchilarini otishdan bosh tortgan harbiyga gul tutmoqda.

Uy-joyining tayini bo`lmagan, daydi Jon Patrik bezori bola suvga tashlagan quyonchani qutqardi. Shundan keyin Jonning ishlari yurishib ketib, ishga joylashdi, bezori bola esa hayvonlarga nisbatan shafqatsizlikda ayblanib, jazoga tortildi.

Turkiyada o`tkazilgan norozilik namoyishi ishtirokchilari yaralangan polisiyachini xavfsiz joyga olib borish uchun ko`tarib olishdi.

Iordaniyalik chegarachi evakuasiya qilinayotgan suriyalik go`dakning qo`lini isitmoqda.

Rossiyaning Magadan shahrida yashovchi, pensioner Rufina Ivanovna Korobeynikova Xabarovskda tabiiy ofatdan aziyat chekkanlar uchun 300 juft issiq paypoq to`qidi.

Nyu-York polisiyasi zobiti uni kuzatib, suratga olishayotganidan bexabar holda, daydi erkakka poyafzal sovg`a qildi.

Namoyish qatnashchilari eguliklarini polisiyachilar bilan birga baham ko`rmoqda.

Bu erda tinch aholiga qarata o`q uzishdan bosh tortgan askarning qo`lini siqib, minnatdorchilik bildirayotgan misrlik erkakni ko`rishingiz mumkin.








