Fransiyaning Kale shahar meri “jungli” deb nomlanuvchi qochoqlar lagerida yashovchi muhojirlarga ovqat tarqatishni taqiqladi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.
Nashrning xabar berishicha, Fransiya ichki ishlar vaziri Bryuno Le Runing tashrifidan keyin shahar meri Natasha Bushar payshanba kuni, muhojirlarga ovqat tarqatishni taqiqlovchi hujjatga imzo chekdi. Kale shahrida joylashgan mazkur lager 2016 yilning noyabr oyida ko`chirilganiga qaramay, u erda mahalliy tashkilotlar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlanayotgan yuzlab muhojirlar istiqomat qilib kelmoqda. Bushar o`zining mazkur farmoni bilan yangi “mustahkam joylar” barpo etilishining oldini olishdan qochmoqchi bo`ldi. Kale shahar merining tashabbusini Fransiya IIV rahbari ham qo`llab-quvvatladi.