AsosiyDunyo

​Daniyada idish yuvuvchi restoran egalaridan biriga aylandi.

'​Daniyada idish yuvuvchi restoran egalaridan biriga aylandi.'ning rasmi

Daniyaning mashhur restoranlaridan birida ishlovchi, endilikda restoran biznesiga sheriklik qiluvchi gambiyalik 62 yoshli, Ali Sonko 14 yildan beri restoranda idish yuvuvchi bo`lib xizmat qilib kelgan, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.

Skandinav taomlarini tayyorlovchi mashhur Noma nomli restoranda idish yuvuvchi bo`lib ishlovchi Ali Sonko muassasaga sherik bo`lgan uch odamning biriga aylandi. U 14 yil mobaynida kompaniyaning “yuragi va qalbi”ga aylangan, sidqidildan mehnat qilgan. U restoran tashkil topgandan beri mazkur muassasada idish yuvuvchi bo`lib ishlab kelgan. Restoran egasi Redzepi Aliga o`xshagan odamlar restoran uchun katta ahamiyatga egaligini ta`kidladi. Ali Daniyada 34 yildan beri istiqomat qiladi. Noma xodimlari uning har qanday vaziyatda ham kulib turishini, 12 nafar farzandi, oilaviy muammolari ko`pligiga qaramay, yuzidan tabassum arimasligini ta`kidlashdi. Redzepi Alidan tashqari yana ikki kishini menejer Jeyms Spredberi va mijozlar bilan ishlash bo`yicha direktor Lau Rixterlarni ham restoran biznesiga sherik qildi.

    Boshqa yangiliklar