Falastinda 69 farzandni dunyoga keltirgan ayol vafot etdi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.
Bu haqda uning eri xabar berdi.
Falastinlik ayol 69 farzandni dunyoga keltirganiga qaramay, bu natija rasman qayd etilmagan. O`n sakkizinchi asrda yashagan, 16 marta egizak, 7 marta uchtadan, 4 marotaba 4 tadan farzandni, jami 69 nafar bolani dunyoga keltirgan dehqon Fyodor Vasilevning rafiqasi Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan. Ammo aksariyat tadqiqotchilar bunday rekordga shubha bilan qarashadi.