Britaniyalik mashhur aktyor Patrik Styuart Amerika prezidenti Donald Trampga qarshi kurashish uchun AQSh fuqaroligini qabul qilishga qaror qilib, ariza bilan murojaat qildi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.
“Men Amerika fuqaro emasman, endi esa amerikalik bo`lish maqsadida ariza bilan murojaat qildim. Mening fuqarolikni olish uchun yozgan arizam saylov natijalaridagi yagona ijobiy xususiyat bo`lishi mumkin. Barcha vashingtonlik do`stlarim faqatgina kurashish orqaligina bunga erishish mumkinligini ta`kidlashmoqda”, — dedi Styuart.
Shu bilan birga Styuart yaqinda Vashingtonga qilgan safari Tramp tufayli “hayoti davomidagi eng yomon kecha”ga aylanganini aytib, hazillashdi.
Britaniyalik aktyor Patrik Styuart “X odamlar” va “Yulduzli yo`l” filmlaridagi rollari bilan mashhurdir.






