Turkiyada ko`chadan o`tayotgan har bir yo`lovchi ishlatilgan, bo`sh plastik idishni avtomatga tashlasa, uning tagidagi maxsus idishga ovqat to`ladi. Bunday usul atrof-muhitni ekologik jihatdan toza tutadi, shu bilan birga egasiz hayvonlarning qornini to`ydirishga yordam beradi.
Pugedon kompaniyasi atrof-muhitga va ko`chada yurgan daydi itlarga g`amxo`rlik qilish maqsadida mazkur avtomatni o`ylab topdi. Bunday avtomatlar shahar ko`chalariga o`rnatilgan bo`lib, unga har qanday yo`lovchi bo`sh plastik idishni tashlashi mumkin. Bo`shagan plastik idishlar qayta ishlanib, undan tushgan mablag`ga hayvonlarga oziq-mahsulotlari olinadi. Istanbul ko`chalarida minglab daydi itlar va mushuklar mavjud. Mazkur avtomat esa odamlarga egasiz hayvonlarning qornini to`ydirish imkonini beradi. Avtomatda yana suv solinadigan idish ham mavjud. Agar qo`lingizdagi suvni ichishni istamasangiz, uni shu idishga to`kishingiz mumkin.
“Adme.ru” nashri.