AsosiyDunyo
6284

​Britaniya OAVlari rossiyalik “josus model” haqida yozdi

'​Britaniya OAVlari rossiyalik “josus model” haqida yozdi'ning rasmi

Buyuk Britaniya OAVlari Los-Anjeles aeroportida rossiyalik model va teleboshlovchi Viktoriya Bonini josuslikda ayblab, qo`lga olingani haqida yozdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru nashri”.

Shunday maqolalardan biri Daily Mail nashrida ham chop etildi.

Viktoriya Boni xavfsizlik xizmati undan Rossiya prezidenti va MXX haqidagi savol bergani haqida gapirib berdi. Shundan keyin ular videokuzatuvni amalga oshiruvchi kompaniyaning tashrif qog`oziga e`tibor qaratishdi.

“Men ularning suhbatini hazilga olib, bor ovozim bilan kuldim, ammo ular uchinchi marta ham savol berib, mendan javob ololmagach, sumkamni tekshirishdi va hamyonimdan SPY-LAND deb yozilgan tashrif qog`ozimni olishdi”, deb izoh berdi Viktoriya Bonya.

Tekshiruvdan keyin Viktoriya Bonya qo`yib yuborildi. Modelning aytishicha, ijtimoiy tarmoqlardagi profili va shaxsiy aypadidagi fotosuratlar uning maxsus xizmat vakillaridan qutilishiga katta yordam berdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar