AsosiyDunyo

​99 yoshli ayol o`z hoxishi bilan qamoqqa olindi (Foto)

'​99 yoshli ayol o`z hoxishi bilan qamoqqa olindi (Foto)'ning rasmi

Gollandiyada yashovchi 99 yoshli Enni ismli ayol inson panjara ortida o`tirganda nimalarni his qilishini bilishni juda ham xohladi, deb xabar berdi Rrikolno.cc nashri.

Mahalliy polisiya vakillari uning bu xohishini amalga oshirish uchun chin ko`ngildan yordam berib, qamoqda o`tirish imkoniyatini yaratishdi. Neymegen shahar polisiyasining rasmiy sahifasida Enniga qo`liga kishan solingan holda biroz “qamoqda o`tirish” imkoniyati yaratilgani haqida xabar berildi. Shundan keyin polisiyachilar kampirni uyiga kuzatib qo`yishdi.

Umuman olganda, hamma mamlakatda ham hech qanday jinoyat sodir etmagan fuqaroni qamoqqa olish qonunga zid, ammo Enni uchun mazkur holat mustasno etildi. Bu kichkina sarguzashtdan Ennining boshi ko`kka etdi va xursandligidan yuziga tabassum yugurdi.



Boshqa yangiliklar