Gollivud aktyori Xyu Jekman 20 yil birga yashagan rafiqasi Deborro-Li Ferness bilan ajrashmoqda, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
The Sun nashrining xabar berishicha, so`ngi paytlarda 48 yoshli aktyor 61 yoshli rafiqasi Ferness bilan deyarli vaqtini birga o`tkazmayapti. Jekman oilasining yaqin do`stlaridan biri er-xotinning bir-biridan charchaganligi tufayli alohida yashayotganligini ma`lum qildi. Shu bilan birga u dunyoga mashhur aktyorning yosh ayollarni afzal ko`rayotganini bildirdi.
Juftlik 1995 yilda Avstraliyaning “Korelli” nomli kriminal teleserialini suratga olish jarayonida tanishgan edi. Oradan bir yil o`tib, ular Melbrunda turmush qurishdi. Ularning ikki nafar asrab olingan farzandlari va hamkorlikdagi Seed Productions prodyuserlik kompaniyasi bor.






