Britaniyalik xonanda Adel turmushga chiqqanligini rasman e`lon qildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
Xonanda Saymon Konekiga turmushga chiqdi.
Adel va Konekining to`yi bo`lib o`tgani haqida anchadan beri mish-mishlar yurgan bo`lsa-da, xonanda buni yaqinda, Avstraliyadagi konsert dasturida, Someone Like You qo`shig`i haqida gapirayotganda rasman tan oldi. Xonandaning so`zlariga qaraganda, mazkur qo`shiqni u turmush o`rtog`i bilan endi tanishgan paytlarida, muhabbatidan ilhomlanib, yaratgan. Adel ayriliqni dahshatli narsa deb, insonning insonga bo`lgan his-tuyg`ularini Er yuzidagi eng ijobiy tuyg`u deb ta`rifladi. Xonanda shu bilan birga o`zining turmushga chiqqanligini rasman ma`lum qildi.