1

​Lola: “2017 yilda Shaxsiy hayotimda o`zgarishlar bo`ladi”

Shou-biznes 06.03.2017, 16:20
Teglar: Xonanda, Lola Yo`ldosheva
​Lola: “2017 yilda Shaxsiy hayotimda o`zgarishlar bo`ladi”

Xonanda Lola “Darakchi” gazetasiga intervyu berdi. Suhbat davomida xonanda shaxsiy hayoti va ijodida kutilayotgan o`zgarishlar haqida gapirdi.

“Faqat harakatda bo`lish odamni charchatadi. Hayotni faqat ish bilan bog`lash, nuqul shoshib yurish bilan umr o`tib ketayotganini sezmay qolamiz. Bu noto`g`ri, nazarimda. Chunki hayotdagi boshqa muhimroq narsalar, nazardan chetda qolib ketishi mumkin. Shuning uchun ham tanaffus kerak. Shundagina tinchlanib, atrofga nazar tashlashga imkon tug`iladi. So`nggi uch-to`rt oy davomida hayotimda shunday payt bo`ldiki, ijoddan to`xtadim. O`zimga-o`zim “xo`sh, keyingi manzil nima? Unga erishganimdan keyin nima bo`ladi? Kasbimdagi maqsadlarimga etib bordim, keyin-chi? Buning oxiri qanday yakun topadi?”, kabi savollar bera boshladi. Qalbim bu yo`sinda davom etishimga qarshi edi. Aslida, mening o`y-xayollarim, maqsadim bunday emas, hayotimdagi boshqa narsalar men uchun afzalroq ekan. Sa`natdagi o`rnimni o`ylab, tasvirga olish maydonchalarida kuyib-pishib yurishdan ko`ra, bolalarim bilan uyda, turli mashg`ulotlar bilan vaqt o`tkazish yoqimliroq ekanini anglab etdim. Bolalarimning bolaligi, buguni, ko`z oldimdan, kino tasmadek o`tib ketishini istamayman. Daqiqalar bilan yashashni xohladim. 2017 yil shaxsiy hayotimda bir qancha o`zgarishlar bo`ladi, rejalarim ko`p. Shuning uchun hozir ijodim to`g`risida gapirib, muxlislarimni umidlantirib qo`yishni istamayman. Ammo bu bilan “San`atni tark etaman” deya balandparvoz gaplar aymoqchi emasman. Chunki, ijodkor doim izlanishda, faoliyatda bo`lishi kerak. Uni bu imkoniyatdan mahrum etish noto`g`ri. Bu unga nafas olishni taqiqlagandek gap. Ishoning, bu gaplarni men o`z tajribamdan kelib chiqib, bu og`riqni his etgan inson sifatida aytyapman. Kelajakda qalbim buyurganda, qo`shiqlarim bilan tinglovchilarimni bahramad etib turaman. Lekin oldindan biror muddatni ayta olmayman”—deydi Lola.

Xonanda bilan to`liq suhbatni “Darakchi” gazetasining 9 mart kuni sotuvga chiqadigan yangi sonida o`qishingiz mumkin.

Sharhlar

Mashhur xonanda 61 yoshida vafot etdi

10.12.2019, 20:06

 Taniqli shved guruhi — «Roxette» solisti Mari Fredriksson 61 yoshida vafot etdi. Bu haqda Shvesiya OAVlariga asoslanib xabar berildi.Dagens Nyheter nashrining yozishicha, xonanda uzoq yillar davomida saraton xastaligiga...
Ozodbek Nazarbekov, Ulug`bek Rahmatullaev, Shaxzoda va Lolani birlashtirgan loyiha — QO`LINGDA IMKON!

21.05.2018, 09:33

O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi tomonidan 1-iyun – xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Qo`lingda imkon” nomli ijtimoiy loyihaga qo`l urildi. Taronani O`zbekiston xalq...
Lola nega folchilarni inkor etmadi?

29.03.2018, 09:26

Ijod va oilani bir maromda olib borayotgan xonanda Lola Yo`ldosheva noodatiy savollarimizga javob berdi... — Aytishlaricha siz... — Ishga nisbatan injiq va talabchanman ekanman. Menimcha,...
Lola Yo`ldosheva Rossiyadagi hayoti va ijodi haqida

13.03.2018, 16:48

8 mart kuni taniqli o`zbek qo`shiqchisi Lola Yo`ldosheva uzoq tanaffusdan so`ng Moskvada katta konsert bergani haqida xabar bergan edik. Konsertdan avval "Sputnik" nashri muxbiri go`zal...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1