AsosiyDunyo

​Radikallar ukrain deputatiga tuxum irg`itdi (Video)

'​Radikallar ukrain deputatiga tuxum irg`itdi (Video)'ning rasmi

Donbassda savdo qamalini tashkil etgan radikallar “Narodny front” fraksiyasi Yuqori Radasi deputati Tatyana Chernovolga tuxum irg`itdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Tatyana Chernovol millatchilardan temiryo`l ustiga o`rnatilgan blokpostlarni olib tashlashni talab qilayotganda jabrlandi. Deputat savdo qamali Ukraina manfaatlariga zarar keltirishini tushuntirishga harakat qildi.

Yanvar oyining oxirida radikallar Donbassdan keluvchi ko`mir ortilgan poezdlar harakatini to`xtatib qo`ydi. Oqibatda Ukraina aholisi yoqilg`isiz qoldi, elektrostansiyalar favqulodda holat tartibiga o`tkazildi. Mamlakatda elektroenergiyaning narxi uch barobar oshib ketdi.


    Boshqa yangiliklar