AsosiyJamiyat
5446

​Toshkentdagi chorrahalarga o`rnatilgan kameralar 15 martdan boshlab qoidabuzarliklarni qayd eta boshlaydi

'​Toshkentdagi chorrahalarga o`rnatilgan kameralar 15 martdan boshlab qoidabuzarliklarni qayd eta boshlaydi'ning rasmi

Harakatlanish xavfsizligi yo`nalishidagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida Toshkent shahridagi 115 ta chorrahaga video kuzatuv moslamalari o`rnatilgan edi. Shu yilning 15 mart kunidan e`tiboran ushbu videokameralar tomonidan qayd etilgan qoidabuzarliklar uchun haydovchilarni jarimaga tortish mexanizmi sinov tariqasida ishga tushiriladi.

O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB boshlig`i, polkovnik Xolmatjon Ahmedovich Saydaliev bu haqda quyidagilarni ma`lum qildi:

—Sinov tariqasida ishga tushirilishining sababi shundaki, bu yangilik bizda ilk bor qo`llanilayapti. 15 mart kunidan boshlab qoidabuzarliklar uchun jarima solish to`g`risidagi qaror transport vositasining mulkdoriga jo`natilaveradi. Aynan mana shu ish jarayonida tizimdagi texnikalarning ishlashini nazorat qilib olamiz.

Ushbu yangilik yo`l harakati qatnashchilarining yo`l-transport hodisalaridan himoyalanganlik darajasini oshirish, poytaxt ko`chalarining yuqori harakat jadalligi sharoitida yo`l harakatini nazorat qilish, qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda aniqlash, qayd etish hamda profilaktika qilish ishlarini takomillashtirishga qaratilgan. Buning uchun nazorat qilinadigan har bir ob`ekt ya`ni chorraha harakatni nazorat qiluvchi, qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda aniqlovchi zamonaviy texnik vositalar, intellektual detektorlar, kontrollerlar, videokameralar bilan jihozlandi.

Chorrahalardan olingan barcha ma`lumotlar Markaziy dispetcherlik xizmatiga uzatiladi va bu erdagi elektron tablo hamda videomonitorlarga chiqariladi.

Tizimga kiritilgan chorrahalardagi svetoforlar ham detektorlardan harakat oqimi to`g`risida olingan ma`lumotlarni qayta ishlash orqali avtomatik tarzda boshqariladi.

Shuningdek, svetoforlar ish faoliyatini optimallashtirish natijasida yo`llarning o`tkazuvchanlik qobiliyati oshiriladi. Natijada transport vositalarining chorrahalar oldida to`xtab turishini 20 25 foizga, transport vositalari dvigatellaridan chiqayotgan zaharli gazlarning 5 10 foizga, yonilg`i sarfini 5 15 foizga kamayishi hisobiga shahardagi ekologik holat ancha yaxshilanadi.

Yana shuni ham ta`kidlash zarurki, chorrahalardagi vaziyatni masofadan uzluksiz kuzatib borish uchun videokameralar hamda fuqarolar uchun maxsus xizmatlarni, jumladan ichki ishlar, tez tibbiy yordam, yong`in xavfsizligi xizmatlarini chaqirish uchun maxsus vositalar o`rnatildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar