O`zbekiston Respublikasi Bosh vazir o`rinbosari Rustam Azimov boshchiligidagi O`zbekiston hukumat delegasiyasining Turkiyaga qilgan ishchi tashrifi miqyosida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar belgilandi, deb yozadi UT nashri.
Uchrashuv jarayonida O`zbekistonda yaratilish imkoniyati bo`lgan erkin iqtisodiy zonalarning ulkan imkoniyati borligi ta`kidlandi. Shu bilan birga kelajakda O`zbekistondagi sayyohlik infrastrukturasini rivojlantirish, transport kommunikasiya sohasida ham hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
Boku-Axalkalaki-Kars temiryo`l liniyasining ishga tushirilishi ham strategik muammoning hal etilishidagi asosiy omil bo`lib xizmat qilishi, ikki mamlakat o`rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarning rivojlanishida ulkan yordam berishi ham aytib o`tildi. O`zbekiston delegasiyasining Turkiyaga qilgan ishchi tashrifi o`ta mazmunli, yangiliklarga boy bo`lishi turk investorlarining mamlakatimiz bilan hamkorlik qilishga xohish-istagi balandligidan guvohlik beradi.






