AsosiyDunyo
27002

​Dunyodagi eng semiz ayol uch haftada 100 kg vazn tashladi

'​Dunyodagi eng semiz ayol uch haftada 100 kg vazn tashladi'ning rasmi

Semirish kasalligidan aziyat chekadigan misrlik Imon Ahmad Abdulatiy uch hafta mobaynida 488 kilogrammdan 380 kilogrammgacha ozdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, so`nggi 25 yil ichida u ilk marotaba mustaqil ravishda o`tira olmoqda. Endilikda u jarrohlik amaliyotiga tayyor.

“Biz u 25 kun ichida taxminan 50 kilogramm yo`qotishiga umid qilgandik. Biroq, biz ayol bu fursat ichida 100 kilogramm vazn tashlaganidan ajablandik", -deydi misrlik ayolning shifokori.

Misrlik 36 yoshli Imon Ahmad Abdulati 500 kilogramm vazn bilan Mumbaydagi shifoxonaga olib kelingan edi.

Uni Hindistonga olib kelish uchun butun boshli maxsus operasiya talab etilgan edi: Ayol Mumbayga EgyptAir aviakompaniyasining maxsus reysida olib borildi, aeroportdan kasalxonaga esa polisiya kuzatuvi ostidagi maxsus tez yordam mashinasi yordamida etkazildi. Bemorni shifoxona palatasiga joylashtirish uchun avtokran yordamga keldi.

Ayol 25 yil davomida uydan chiqa olmadi, harakatlana olmadi va hatto o`z o`rnida ham qimirlay olmadi.

U biror kishining yordamisiz hech narsa qila olmasdi. Misrlik shifokorlar Abdulatiyga yordam bera olmadi, shunda ayolning ota-onasi hindistonlik shifokorlarga murojaat qildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar