O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova qizi Nilufar va dunyoga kelgan jajji chaqaloqni ko`rish uchun Toshkent pediatriya tibbiyot instituti tug`ruqxonasiga bordi. Bu haqda Yulduz Usmonovaning Instagram`dagi rasmiy sahifasida ma`lum qilindi.
“Ona qizim”, deya izohladi Yulduz Usmonova chaqaloqni ko`tarib tushgan suratini.
Xonanda Nilufar Usmonova 7 mart, seshanba kuni uch o`g`ildan so`ng qiz farzandni dunyoga keltirdi.
Nilufarning Saida`zamxon, Ibrohimxon va Sulaymonxon ismli o`g`illari bor. Xonanda qiz farzandiga ismni turmush o`rtog`i qo`yishini ma`lum qilgan.