AsosiyJamiyat

​Microsoft brendining O`zbekistondagi yangi vakili tayinlandi

'​Microsoft brendining O`zbekistondagi yangi vakili tayinlandi'ning rasmi

Microsoft 1 apreldan Ronald Binkofskini kompaniyaning Qozog`istondagi bosh direktori va MDH hududiy ofislarning rahbari etib tayinladi.

Ronald Binkofski so`nggi yillarda mazkur lavozimda ishlagan Konstantin Nazarovning o`rnini egalladi. Ronald Binkofski Qozog`iston, Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Mongoliya, Qirg`iziston, Turkmaniston, Tojikiston va O`zbekistonni o`z ichiga oluvchi 9 ta mamlakat hududida biznesning rivojlanishiga javob beradi.

“Men bugun va kelajakda rivojlanishning eng yuqori imkoniyatlariga ega bo`lgan mazkur hududlarning ajralmas qismiga aylanganimdan mamnunman. Biz guruh bilan birgalikda raqamli transformasiya davrida yangi texnologiyalarni hayotga tatbiq etishda mijozlarimizga, hamkorlarimizga chin ko`ngildan yordam beramiz”, deb ta`kidladi Ronald Binkofski.

    Boshqa yangiliklar