AsosiyJamiyat
8981

​Qashqadaryoda 10 yoshli bolani shafqatsizlarcha o`ldirgan shaxs qo`lga olindi

'​Qashqadaryoda 10 yoshli bolani shafqatsizlarcha o`ldirgan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

2017 yil 6 mart kuni soat 15:30 larda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Kat mahalla fuqarolar yig`ini hududida joylashgan uydan 10 yoshli o`g`il bolaning o`tkir tig`li jism bilan ko`p marotaba jarohat etkazilgan holdagi jasadi topilgan, deb xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.

Aniqlanishicha, noma`lum shaxs uni o`ldirib, hovlida bo`lgan «Damas» rusumli avtomashina hamda ichida pul va sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlari bo`lgan temir sandiq (seyf)ni olib ketgan.

Qashqadaryo viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida avtomashina Mashrab ko`chasi 17 uy oldida qoldirib ketilganligi aniqlangan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlar jarayonida mazkur mudhish jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi shaxs Kasbi-Kogon yo`lida ketayotganida shu hududda xizmat olib borayotgan Kasbi tumani IIB Huquqbuzarliklarning oldini olish bo`limi milisiya tayanch punkti profilaktika inspektori Shuhrat Murodov tomonidan qo`lga olingan.

Ushbu qotillikni sodir etganlikda gumonlanayotgan shaxs Qarshi shahrida yashovchi 1982 yilda tug`ilgan shaxs bo`lib chiqdi. Uning uyidan temir sandiqning kesilgan qoldiqlari hamda sumkasidan jabrlanuvchiga tegishli bo`lgan pullar, obligasiyalar va sariq metalldan tayyorlangan zargarlik buyumlari daliliy ashyo sifatida olindi.

Holat yuzasidan O`zbekiston Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirgi paytda tergov harkatlari olib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar