8 mart kuni Afg`oniston poytaxtida navbatdagi terakt sodir bo`ldi, deb xabar berdi “Svpressa.ru” nashri.
8 mart kuni ertalab terrorchilar Qobul shahridagi AQSh elchixonasi yonidagi diplomatik kvartalda joylashgan Sardor Muhamed Dovud Xon nomli gospitalga hujum uyushtirdi. Terrorchilar avtomat va granatalar bilan qurollangan. Ulardan ikki nafari polisiya tomonidan yo`q qilindi. Hujum oqibatida 49 kishi halok bo`ldi, 76 nafar odam yaralandi. Mazkur terakt javobgarligini “Islom davlati” terrorchilik guruhi o`z bo`yniga oldi, “Tolibon” esa javobgarlikni rad etdi.