Germaniyaning Dyusseldorf shahar huquq-tartibot idoralari markaziy vokzal hududida sodir etilgan qonli xunrezlikni tergov qilmoqda, deb xabar berdi “Ntv.ru” nashri.
Vokzalda bolta ko`targan erkak odamlarga tashlanib, 7 kishini jarohatladi. Polisiya bergan ma`lumotga ko`ra, jinoyatchi vokzalga kelib to`xtagan poezddan tushib, olomonga bolta bilan hujum qilgan. Jinoyatchi shundan keyin o`zini ko`prikdan pastga tashlab, og`ir tan jarohati oldi. Hozirda u polisiya nazorati ostida kasalxonada yotibdi. Jabrlanganlar orasida ikki nafar ayol ham bor. 36 yoshli jinoyatchi asli yugoslaviyalik bo`lib, Vuppertal shahrida yashagan. Polisiya uning ruhiy kasal ekanligini aniqladi, uning biror terrorchilik tashkiloti bilan aloqasi borligi haqida xabar bermadi.






