1

​O`quvchilarining 8 mart sovg`asidan norozi bo`lgan o`qituvchi ishdan bo`shadi

Dunyo 10.03.2017, 15:57
Teglar: Ta`lim
​O`quvchilarining 8 mart sovg`asidan norozi bo`lgan o`qituvchi ishdan bo`shadi

Sochi shahar maktablaridan birida o`quvchilarining 8 mart bayramiga besh ming rubl sovg`a berganidan norozi bo`lib, ota-onalarga SMS yozgan sinf rahbari ishdan bo`shadi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.

Sochi shahar kengashiga qarashli maorif, fan va madaniyat qo`mitasi raisi Vladimir Davidovning ma`lumot berishicha, o`qituvchi ayol xizmat tekshiruvi tugashini kutmay, ishdan bo`shagan. U janjal ko`tarilgandan keyin vaqtinchalik vazifasidan ozod etilgan edi.

O`qituvchi ayol 7 mart kuni o`quvchilaridan olgan sovg`asidan norozi bo`lib, ularning ota-onasiga sinf rahbarligidan bo`shash bilan tahdid qilib, SMS xabar jo`natgan. Avvaliga ko`pchilik bu xabarni o`qituvchi ayol yozganiga shubhalandi, ammo u “Komsomolskaya pravda” nashriga bergan intervyusida SMS xabarlarni jahl ustida o`zi yozganligini tan oldi.

Keyinroq Life nashri ishdan bo`shagan o`qituvchini ota-onalar himoya qilgani, uning yaxshi pedagog ekanligi, o`sha kuni bolalar sinfda to`polon qilib, xayfsan olgani uchun jahl ustida SMS yozgani haqida xabar berdi.

Sharhlar

Hindiston O`zbekiston ta`lim sohasi uchun 448 mln. dollar ajratadigan bo`ldi  

14.12.2021, 08:35

Bu haqda  O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari va Hindistonning O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Manish Prabhatlarning uchrashuvida ma`lum qilindi.O`zbekiston investisiyalar va tashqi savdo vazirligining xabar...
O`zbekistonda 51 ta maktabda ta`lim qirg`iz tilida olib boriladi. Ular uchun qirg`iz tilida darsliklar chop etiladi

14.07.2021, 17:15

O`zbekiston qirg`iz milliy madaniy markazi rahbari Rahmatulla Jabborov AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Markaz faoliyati haqida ma`lumot berdi.O`zbekistonda 300 ming  nafar  qirg`izlar istiqomat qiladi. Bugungi kunga...
Sherzod Shermatov: 13 mingga yaqin erkak o`qituvchilar maktablarimizga qaytishdi

06.11.2018, 13:05

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2 noyabr kuni xalq ta`limi tizimini yanada rivojlantirish borasidagi islohotlar samaradorligini oshirish masalalariga bag`ishlangan yig`ilish o`tkazgani haqida xabar bergan edik.Xalq...
O`qituvchi boy bo`lsa, olim ko`payadi, shifokor boyisa...

22.06.2018, 14:01

Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida “Xalq ta`limi tizimidagi pedagog xodimlarning ijtimoiy mavqeini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori loyihasi e`lon qilindi. Mazkur qaror loyihasi keng...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1