1

​Prezident Shavkat Mirziyoev Buxoro viloyatining turizm salohiyatini yanada oshirish dasturi taqdimotida ishtirok etdi

Jamiyat 10.03.2017, 16:40
Teglar: Shavkat Mirziyoev
​Prezident Shavkat Mirziyoev Buxoro viloyatining turizm salohiyatini yanada oshirish dasturi taqdimotida ishtirok etdi

Prezidentimiz “Ark” qo`rg`oni majmuasida Buxoro viloyatining turizm salohiyatini yanada oshirish dasturi taqdimotida ishtirok etdi, deya xabar beradi O`zA.

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi tomonidan Buxoro viloyatining turizm salohiyatini yanada oshirish dasturi asosida 39 loyiha amalga oshiriladi.

Sayyohlar xavfsizligini ta`minlash, turizmning ziyorat qilish, ekologik, ma`rifiy, etnografik, gastronomik, sport, davolash-sog`lomlashtirish, qishloq, sanoat, ishbilarmonlik turizmi va boshqa turlarini taraqqiy ettirish, BMTning Butunjahon turizm tashkiloti (YuNVTO) hamda turizm bo`yicha nufuzli xalqaro va milliy tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish, sayyohlik industriyasi ob`ektlarini jadal rivojlantirish, yo`l-transport va muhandislik-kommunikasiya infratuzilmasini qurish va rekonstruksiya qilish chora-tadbirlariga 18,5 milliard so`m mablag` sarflanishi ko`zda tutilgan.

Davlatimiz rahbari sohada kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, gidlar va boshqa xodimlarning bilim va malakasini muntazam oshirib borish bo`yicha zarur ko`rsatmalar berdi.

Viloyatda raqobatbardosh turizm mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqib, ularni ichki va xalqaro turizm bozorlarida targ`ib qilish bo`yicha strategiya ishlab chiqish, sohada reklama-axborot faoliyatini keng yo`lga qo`yish bugungi kun talabidir.

Buxoroning ko`hna va boqiy shahar, deb atalishida katta ma`no bor, dedi davlatimiz rahbari. Bu erdagi qadimiy obidalar, osori-atiqalar, xalqimizning betakror qadriyatlari, beqiyos an`analari asrlar osha yashab kelmoqda. Chet elliklarning, tarixshunos va mutaxassislarning ularga qiziqishi doimo yuqori bo`lgan. Bundan unumli foydalanish kerak.

Buxoroning qadimiy obidalarini qamrab olgan kichik halqa yo`lini bunyod etish, yo`laklarga marmar va ishlov berilgan toshlar yotqizish, bino va yo`llarning yoritish tizimini zamonaviylashtirish, mehmonxona va inshootlar qurish, ular atrofiga hududning tabiiy iqlim sharoitiga mos daraxt va gullar ekish, mahalliy va chet elik investorlar uchun barcha qulaylik va imkoniyatlar yaratish yuzasidan zarur topshiriqlar berildi.

Prezidentimiz Buxoro tarixi davlat muzeyi loyihasini ko`zdan kechirdi.

1,2 gektar maydonni o`z ichiga oluvchi ushbu muzey qurilishiga byudjet mablag`lari hisobidan 68,3 milliard so`m sarflanishi mo`ljallanmoqda. Muzey qurilib, ishga tushirilsa, “Ark” qo`rg`onida saqlanayotgan noyob eksponatlar u erga ko`chiriladi. Oltmishdan ortiq ish o`rni yaratiladi.

Muzeyni jahon standartlariga mos jihozlash, zamonaviy texnologiyalar o`rnatish, bu erga keluvchilarning xavfsizligini ta`minlash bo`yicha zarur ko`rsatmalar berildi.

Shavkat Mirziyoev madaniy meros ob`ektlarining bugungi kundagi holati va ularni saqlashga doir loyihalar taqdimotlari bilan ham tanishdi.

Buxoro viloyatida 660 madaniy meros ob`ekti mavjud. Ularning aksariyatini arxeologik ob`ektlar, monumental san`at asarlari, arxitektura yodgorliklari tashkil etadi.

Prezidentimiz ushbu madaniy meros ob`ektlari xalqimizning bebaho boyligi, ularni asrash va avlodlarga bezavol etkazish barchamizning burchimiz ekanini ta`kidladi.

Madaniy meros ob`ektlarini saqlash va ta`mirlash yuzasidan soha mutaxassislari va usta-quruvchilarga zarur ko`rsatmalar berildi.

Sharhlar

Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoevga turkman xalqi alohida qadrlaydigan alabay zotli kuchuk sovg`a qildi

21.10.2022, 13:45

Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu mamlakat Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prexident matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari...
"Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va u erda tinch hayotni tiklash muhim". Shavkat Mirziyoev Ostonadagi sammitda nutq so`zladi

13.10.2022, 11:20

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ostona shahrida bo`lib o`tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha kengash VI sammitida nutq so`zladi. O`zbekiston rahbari Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va...
Shavkat Mirziyoev Urganchda Jaloliddin Manguberdi haykalini ochib berdi (foto)

29.08.2022, 11:46

Avval xabar qilganimizdek, Bugun Prezident Shavkat Mirziyoev Urganch shahrida buyuk sarkarda va davlat arbobi Jaloliddin Manguberdi haykalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun Xorazm viloyatiga...
Shavkat Mirziyoev tashrifni Madinai Munavvara ziyoratidan boshladi (video)

17.08.2022, 16:42

Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan ushbu mamlakatga borgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashrifni Madinai munavvara ziyoratidan boshladi. O`zbekiston rahbari Madina...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1