AsosiyShou-biznes

​Lola Karimova prodyuserlik qilgan ilk film ekranlarga chiqish arafasida(Foto)

'​Lola Karimova prodyuserlik qilgan ilk film ekranlarga chiqish arafasida(Foto)'ning rasmi

Lola Karimova-Tillaeva turmush o`rtog`i Temur Tillaev bilan birgalikda “Mirzo Ulug`bek. Osmon toqiga qo`yilgan narvon” nomli hujjatli filmga ilk marotaba prodyuserlik qildi. Bu haqda Lola Karimova o`zining Instagram`dagi sahifasida ma`lum qildi.

Hujjatli film buyuk mutafakkir hamda alloma Mirzo Ulug`bekning hayoti va faoliyati haqida hikoya qiladi.

Film rejissyori Bahodir Yuldoshev. Kartinada Fransiya, AQSh, Rossiya, O`zbekiston, Buyuk Britaniya, Daniya va Niderlandiyaning etakchi olim va mutaxassislari Mirzo Ulug`bek hayoti va faoliyati xususidagi mulohazalari bilan o`rtoqlashadi. Kinokartinani yaratishda Bodlian kutubxonasi (Oksford universiteti), Britaniya muzeyi, Priston universiteti, Griffit rasadxonasi, Fransiyaning Observatoire de la Cote d’Azur Côte rasadxonasi, Kaliforniya universiteti, Daniyaning The David Collection muzeyi, Oksfordning Ilm-fan tarixi muzeyi, Oksfordning St. John’s kolledji kabi o`quv yurtlari, muzey va kutubxonalarning bisotidan foydalanildi.

Kinokartinada Vinsent Kassel, Armand Assante, Fransisko Ovalle kabi jahon kinosi yulduzlari suratga tushdi. Ma`ruf Otajonov, Javohir Zokirov, Hoshim Arslonov singari milliy kino ustalarimiz ham o`z rolini maromiga etkazib ijro etdi.

Gollivudning “Titanik”, “Olovuddin”, “Gerkules” kabi filmlarga musiqa bastalagan mashhur kompozitori Uolter Afanasev kartina uchun maxsus musiqa yozdi. Film uchun saundtrekni O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sevara Nazarxon kuyladi.

“Film premerasi haqida keyinroq ma`lum qilamiz”,—deb yozadi Lola Karimova.






Boshqa yangiliklar